O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrda yoqilg‘i-energetika va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Yanvar-aprel oylarida mamlakatda 1,3 mln tonna ko‘mir qazib olindi. Neft ishlab chiqarish hajmi 209 ming tonnani tashkil etdi.

Shuningdek, to‘rt oyda 381 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan. Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi esa 12,6 mlrd kub metrga yetgan. Hisobot davrida gaz kondensati ishlab chiqarish 319,3 ming tonnani tashkil qildi. Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi 80,6 ming donaga yetdi.

Qaynoq24.uz neft narxi ko‘tarila boshlagani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.