Neft narxi ko‘tarila boshladi

Foto: Getty Images
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

ICE birjasida Brent markali neft narxi bir barrel uchun 97,4 dollargacha ko‘tarildi. Londonning ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Brent markali neftning avgust fyucherslari $6,28 ga qimmatlashdi.

Bu 6,89 foizlik o‘sishni anglatadi. Natijada bir barrel Brent narxi $97,4 ga yetdi. WTI markali neft bo‘yicha iyul kontraktlari ham keskin oshdi. Ular $7,11 ga yoki 8,14 foizga qimmatlashdi. Bir barrel WTI narxi $94,47 ni tashkil etdi.

Narxlarning oshishi AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtagani haqidagi xabarlar fonida tezlashdi. Ikki hafta avval tomonlar 16-apreldan boshlangan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini yana 45 kunga uzaytirishga kelishgan edi. Biroq Tehron Livandagi vaziyat keskinlashgani sabab AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Avvalroq Isroil armiyasi Livandagi harbiy harakatlarni keskin faollashtirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Bozor ishtirokchilari mojaroning kengayishi neft yetkazib berish zanjirlariga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda. Shu sabab investorlar energiya resurslari narxidagi xavf mukofotini oshirmoqda. Neft bozoriga yana bir omil Norvegiyadagi vaziyat bo‘ldi. 2022-yildan keyin Norvegiya Yevropa bozoriga xomashyo yetkazib beruvchi asosiy eksportchilardan biriga aylangan.

Endi mamlakat dengiz neft-gaz sohasida ommaviy ish tashlash xavfi bilan yuzlashmoqda. 5-iyundan boshlab uchta yirik kasaba uyushmasiga a’zo 617 nafar xodim ish tashlashga tayyorligini bildirgan.

Bu Styrke, Lederne va Safe birlashmalaridagi 8100 nafar a’zoning qariyb 8 foizini tashkil etadi. Agar ish tashlash boshlansa, bu Yevropa energiya bozoridagi xavotirlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Qaynoq24.uz Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narx chegarasi oshishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.