Qatarda gaz qazib olishni tiklash muddati ma’lum qilindi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qatar Energy kompaniyasi Hormuz bo‘g‘ozi ochilganidan keyin bir oy ichida suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarishining yarmini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi yirik energetika kompaniyasi Ras Laffan zavodi quvvatlarini yaqin ikki oy ichida 80 foizgacha yuklashni mo‘ljallamoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni to‘liq tiklash jarayoni ancha uzoq davom etishi mumkin. Eng salbiy ssenariyda bu jarayon bir necha yilga cho‘zilishi ehtimoli ham bor.

Qatarning Ras Laffan shahridagi zavodi Eron bilan bog‘liq urushning birinchi haftasida yopilgan edi. Hujum oqibatida korxona zarar ko‘rgan. Shundan so‘ng Qatar Energy fors-major holatini e’lon qilgan, Qatar hukumati esa mamlakatda favqulodda holat joriy etgan. Natijada mamlakatda gaz qazib olish jarayoni to‘xtab qolgan.

Avvalroq aprel oyida Qatar Energy dunyodagi eng yirik LNG zavodi faoliyatini tezroq qayta boshlashga urinayotgani xabar qilingan edi. Kompaniya shu maqsadda muhandislar va ishchilarni safarbar qilgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Qatar Energy inqirozgacha bo‘lgan ishlab chiqarish hajmlariga qaytishi uchun kamida bir oy kerak bo‘ladi. Taxminan ikki hafta zavodni qayta ishga tushirishga, yana ikki hafta esa avvalgi quvvatlarga chiqishga sarflanishi mumkin.

Qaynoq24.uz Xitoy Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha bayonot bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.