Markaziy bank tomonidan 2-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltin quymasining sotish narxi 9 mln 695 ming so‘mni tashkil etdi.
Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 577 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 8 mln 490 ming so‘m bo‘ldi. 10 gramm oltin quymasi 18 mln 852 ming so‘mdan sotilmoqda. Uni qadog‘i but holatda 17 mln 154 ming so‘mga, qadog‘i buzilgan holatda esa 16 mln 981 ming so‘mga qaytarib sotib olish belgilandi.
20 gramm oltin quymasining sotish narxi 36 mln 699 ming so‘mni tashkil qildi. Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 34 mln 308 ming so‘m, qadog‘i buzilgan holatda 33 mln 961 ming so‘m etib belgilandi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 mln 695 ming so‘m | 8 mln 577 ming so‘m | 8 mln 490 ming so‘m |
| 10 gramm | 18 mln 852 ming so‘m | 17 mln 154 ming so‘m | 16 mln 981 ming so‘m |
| 20 gramm | 36 mln 699 ming so‘m | 34 mln 308 ming so‘m | 33 mln 961 ming so‘m |
| 50 gramm | 91 mln 661 ming so‘m | 85 mln 769 ming so‘m | 84 mln 903 ming so‘m |
| 100 gramm | 181 mln 069 ming so‘m | 171 mln 539 ming so‘m | 169 mln 806 ming so‘m |
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 2-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


