Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion quriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati videosidan ekran tasviri
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

11-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan zamonaviy yangi futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yangi Toshkent stadioni FIFAning barcha xalqaro talablariga to‘liq javob beradi.

Yangi futbol stadioni / Foto: Prezident matbuot xizmati videosidan ekran tasviri

“Yangi Toshkent stadioni FIFAning barcha talablariga mos ravishda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri bo‘ladi”, – dedi prezident.

Marosim davomida Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda O‘zbekiston futbolida erishilgan yutuqlarni ham eslab o‘tdi. Jumladan, terma jamoaning jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani va xorij klublarida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning umumiy transfer qiymati $60 mln dan oshgani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga javob beradigan futbol maydonlari soni 10 tadan oshgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 2034-yilgi Jahon chempionati o‘yinlari Saudiya Arabistonidagi osmondagi stadionda o‘tkazilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.