Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti 04:00 dan ishlaydi

Foto: tashbus
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qurbon hayiti munosabati bilan 27-may kuni Toshkent shahrida jamoat transporti odatdagidan erta ish boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni poytaxtdagi avtobuslar va metropoliten soat 04:00 dan harakatlanadi. Bu hayit namoziga boruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

Boshqarma aholi va poytaxt mehmonlaridan hayit namoziga borishda shaxsiy avtomobillardan ko‘ra jamoat transportidan foydalanishni so‘ramoqda. Bu yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

Qaynoq24.uz Qurbon hayiti namozi qachon o‘qilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.