Toshkentda shifokor retseptisiz kuchli ta’sir qiluvchi dori sotgan dorixonalar aniqlandi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida shifokor retseptisiz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Unga ko‘ra, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.P.” MChJ dorixonasi sotuvchisi N.N. 10 quti “Omnadren 250” dori vositasini fuqaro M.Q.ga 2,8 mln so‘mga retseptsiz sotgan paytda ushlangan.

Shuningdek, Departamentning shahar boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tadbirda yana bir qonunbuzarlik aniqlangan. “Ch.P.” MChJ dorixonasi sotuvchisi Yu.A. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 500 dona “Benzonal” dori vositasini shifokor retseptisiz sotgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz internet nashri Jizzaxda FVV bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.