G‘azoda halok bo‘lganlar umumiy soni 69 169 nafarga yetdi. Bu haqda Al Jazeera xorijiy nashri xabar bermoqda.
O‘tgan hafta shanba kuni amalga oshirilgan hujumlarda kamida uch nafar falastinlik o‘ldirilgan. Bureyj qochqinlar lagerida bir erkak halok bo‘lgan. Isroil armiyasi esa shimol va janubda sariq chiziqni kesib o‘tgani aytilgan yana ikki falastinlikni otib o‘ldirilganini ma’lum qildi.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi sulh 10-oktabr kuni kuchga kirgandan beri Isroil hujumlari oqibatida 240 dan ortiq odam halok bo‘lganini qayd etdi. So‘nggi kunlarda vayronalar ostidan topilgan jasadlar ham umumiy statistikaga qo‘shildi.
G‘azoning janubidagi Rafah shahri yaqinida “Hamas” harakati 2014-yilda o‘ldirilgan deb hisoblangan isroillik askar Hadar Goldinning jasadini tunel ichidan topganini e’lon qildi.
Xon Yunis shahrida esa Isroil kuchlari qoldirgan portlovchi moslama portlab, bir bola halok bo‘lgan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Isroil va G‘azo o‘rtasidagi vaziyatda otashkesim qachon tiklanishi haqida yozgan edi.

