Kо‘kdala tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi

Foto: Departament
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ko‘kdala tumanida noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi krashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro N.S. “Qumdaryo” MFY hududidagi uyida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz yog‘ tayyorlab kelgan.

Tadbir davomida 200 litr yog‘, 166 kg paxta chigiti hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Nukusda qonunga xilof dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Tekshiruv vaqtida ular fuqaro M.X.ga inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 6 quti “Molecule plus” dori vositasini 2,3 mln so‘mga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.