2025-yil 18-oktabrdan 6-noyabrgacha o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi yakunlandi va natijalar e’lon qilindi.
Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali ko‘rishi mumkin. Testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar sertifikatni shu sayt orqali elektron shaklda yuklab oladi.
Agar talabgor o‘z natijasidan norozi bo‘lsa, uch kun davomida my.gov.uz orqali apellatsiya topshirishi mumkin. Shikoyatlar ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri xorijga chiqish pasportini olish narxi haqida yozgan edi.
Ushbu xizmatga onlayn ariza qoldirish uchun atigi 7 daqiqa kifoya qiladi. Xizmat narxi jismoniy shaxslar uchun 370 800 so‘mni (0,9 BHM) tashkil etadi. Pasport 10 ish kuni ichida tayyorlanadi. 16–25 yoshdagi fuqarolar uchun ayrim hollarda qo‘shimcha o‘rganishlar sabab muddat bir oygacha uzayishi mumkin.

