Qamchiq va Darband dovonlari uchun tezyurar poyezdlar Janubiy Koreyadan olinadi

Foto: Railway Technology
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Qamchiq va Darband dovonlarida qatnaydigan yangi tezyurar poyezdlarni Janubiy Koreyadan xarid qiladi. Bu haqida transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘li hududlarda tez harakatlana oladigan zamonaviy harakat tarkiblari uchun loyihalar prezidentga taqdim etilgan va ma’qullangan. Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan jami 6 ta tezyurar poyezd olinadi. Birinchi poyezd 2025-yil dekabrida O‘zbekistonga keladi.

Kelasi yilda ushbu poyezd Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishida qatnay boshlaydi. Yo‘l vaqti hozirgi 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayevning aytishicha, tog‘li yo‘llar uchun 2030-yilgacha yana 8 ta tezyurar poyezd xarid qilinadi.

Vazir Ilhom Mahkamov vodiydan kelayotgan yuklarni Toshkentga kiritmasdan o‘tkazish uchun aylanma temiryo‘l yo‘llari bo‘yicha yirik infratuzilmaviy dastur ham tasdiqlanganini ma’lum qildi. Prezident bu ishlarni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ushbu poyezdlar “Jaloliddin Manguberdi” nomini oladi.

Hyundai Rotem poyezdlari haqida

Hyundai Rotem — Janubiy Koreyada joylashgan va temiryo‘l harakatlanuvchi tarkibi, signallash tizimlari hamda mudofaa texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniya. U Hyundai Motor Group tarkibiga kiradi va bugungi kunda 50 dan ortiq davlatga o‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda. Kompaniya 1999-yilda Korea Rolling Stock Corporation (KOROS) nomi bilan tashkil etilgan, 2002-yilda Rotem Company deb o‘zgartirilgan va 2007-yildan boshlab Hyundai Rotem nomi bilan faoliyat yuritadi.

Hyundai Rotem dunyo miqyosida yuqori tezlikdagi poyezdlar, metro vagonlari, shahar atrofi elektr poyezdlari, tramvaylar va boshqa temiryo‘l vositalari ishlab chiqaradi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.