Qashqadaryo va Andijonda gaz talon-toroj qilindi

Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida suyultirilgan gazni talon-toroj qilish bilan bog‘liq yirik holatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida gaz ta’minoti bo‘limi mas’ullari 337 nafar fuqaro nomiga soxta ID kartalar ochgan. Ular orqali 143 tonna gaz go‘yoki yetkazilgandek ko‘rsatilib, 529,8 mln so‘m o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Foto: Departament

Andijon viloyatida ham shunga o‘xshash holatlar fosh etildi. Xo‘jaobod tumanida gaz bo‘limi xodimi imtiyozli gaz ballonlarini boshqa shaxslarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Tekshiruvda 2025-yil oktabr oyida 10 ta mahallada 81,5 tonna gaz tarqatilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, 428 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Baliqchi tumanida esa gaz ballonlarini noqonuniy sotish holati aniqlangan. 34 dona maishiy gaz balloni 3 mln so‘mga sotilayotgan vaqtida xodimlar qo‘lga olingan. Shuningdek, 23,92 tonna gaz boshqa shaxslarga sotilib, 107,6 mln so‘m o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Namanganda bank xodimlari firibgarlikda gumon qilinanotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.