Joriy yilning 9 noyabr kuni soat 18:30da Shahrixon tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Andijon YHXB xabar bermoqda.
Ilgarigi profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritgan va 2025-yil 7-noyabrdagi buyruqqa muvofiq ichki ishlar organlari tizimidan qurolli kuchlar zahirasiga o‘tkazilgan S.A. o‘zining “Neksiya-3” avtomobilida “Shahrixon” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan payt boshqaruvni yo‘qotgan.
Avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, shu tirqishdan harakatlanayotgan skuterni urib yuborgan. Skuter boshqaruvchisi — 1972-yilda tug‘ilgan J.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa natijasida har ikki transport vositasiga texnik shikast yetgan.
Ayni vaqtda Shahrixon tumani prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Urganch shahrida Cobalt va Damas ishtirokida YTH yuz bergani haqida yozgan edi.

