Markaziy bank tomonidan 17-noyabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 12 039,61 so‘m etib belgilandi. Bu o‘tgan kungiga nisbatan 54,51 so‘mga ko‘p.
Yevro kursi 13 992,43 so‘m bo‘ldi. O‘sish 69,34 so‘mni tashkil qildi. Funt sterling ham qimmatlashdi. Uning kursi 15 838,11 so‘mga yetdi. O‘sish 70,51 so‘mni tashkil etmoqda.
Rossiya rublining rasmiy kursi 149,17 so‘m bo‘ldi. Bu 0,31 so‘mga yuqori.

Xitoy yuani 1 696,10 so‘m qilib belgilandi. Yana 7,30 so‘mga o‘sish qayd etildi. Yaponiya iyenasi kursi 77,83 so‘mni tashkil etdi. Qozog‘iston tengesi esa 23,05 so‘m bo‘lib, 0,14 so‘mga oshdi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 14-noyabr kuni oltin quymalar qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

