Meta pul oqimi SI xarajatlari sabab 91% kamaydi

Foto: depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Meta kompaniyasining erkin pul oqimi 2026-yilning ikkinchi choragida sun’iy intellekt, ma’lumotlar markazlari va hisoblash uskunalariga yo‘naltirilgan katta xarajatlar fonida 91% ga kamaydi, deb xabar bermoqda Reuters.

Aprel–iyun oylarida kompaniyaning erkin pul oqimi $784 mlnni tashkil etdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich $8,55 mlrdga teng edi. Moliyaviy hisobot e’lon qilingach, kompaniya aksiyalari qo‘shimcha savdolarda qariyb 10% ga arzonlashdi.

Shu bilan birga, kompaniyaning asosiy biznesi o‘sishda davom etdi. Meta daromadi chorak davomida 28% ga oshib, $60,8 mlrdga yetdi. Kompaniya tushumining asosiy qismini hamon Facebook va Instagram platformalaridagi reklama ta’minlamoqda.

Mark Sukerbergning aytishicha, kompaniyaning hisoblash quvvatlari sun’iy intellekt modellarini o‘qitish, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish, shaxsiy AI-yordamchilar va yangi mahsulotlarni yaratishga yo‘naltiriladi.

«Hisoblash resurslarimizning katta qismi modellarni o‘qitish, asosiy biznesni rivojlantirish, shaxsiy agentlar va yangi mahsulotlarni yaratishga sarflanadi», dedi Sukerberg.

Hozir kompaniya dunyo bo‘ylab 32 ta ma’lumotlar markazini boshqarmoqda yoki qurmoqda. Ularning 28 tasi AQShda joylashgan.

Kompaniya 2026-yilda kapital xarajatlari $130–145 mlrdni tashkil etishini kutmoqda. Avval prognozning quyi chegarasi $125 mlrd, yil boshida esa $115 mlrd etib belgilangan edi.

Qaynoq24.uz kompaniya 25 mlrd dollargacha obligatsiya chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.