Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul — 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport sohasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi. Sammit yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi hamda boshqa tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Qaynoq24.uz Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga borgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.