6-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 33–38 daraja atrofida bo‘ladi, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa harorat 40–42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Poytaxtda ham kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36–38 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Ushbu hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, havo harorati 23–28 daraja atrofida bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 27-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.


