AQShning NASA agentligi tomonidan Marsni o‘rganishga qaratilgan EscaPade nomli yangi missiya muvaffaqiyatli boshlandi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Blue Origin kompaniyasiga tegishli “New Glenn” raketasi 13-noyabr kuni Floridadagi Kanaveral burunidan uchirilip, ikkita ilmiy zondni Yer atrofidagi orbitaga chiqarib berdi. Ushbu qurilmalar keyinchalik Mars tomon yo‘l oladi.
Raketa uchirilishi avval ikki marta yomon ob-havo sabab kechiktirilgan edi. Uchinchi urinishda esa “New Glenn” 100 metrlik baland korpusi bilan muvaffaqiyatli uchirildi. Missiya doirasidagi ikkita zond Rocket Lab kompaniyasi tomonidan NASA buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqilgan.
EscaPade missiyasining asosiy maqsadi Mars atrofidagi fazoviy jarayonlarni, uning iqlim tarixi va atmosferaning qanday yo‘qolganini o‘rganishdir. NASA ma’lumotiga ko‘ra, tadqiqotlar quyosh shamollari Marsga qanday ta’sir qilganini aniqlashda va kelajakdagi insonparvoz missiyalar uchun kosmik ob-havo xavflarini kamaytirishda yordam beradi.
Uchirilgandan so‘ng “New Glenn”ning birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi maxsus platformaga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Bu Blue Origin uchun muhim texnik natija bo‘ldi.
Missiya fonida Blue Origin va SpaceX o‘rtasidagi raqobat ham kuchayib bormoqda. Ikkala kompaniya sun’iy yo‘ldoshlar chiqarish, xususiy kosmik stansiyalar yaratish va oyga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kurashmoqda.
“New Glenn” 2016-yildan beri ishlab chiqilmoqda va og‘ir yuklarni orbitaga chiqarish uchun mo‘ljallangan. Raketa qayta foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, 45 tonnagacha yukni orbitaga olib chiqishi mumkin.

EscaPade missiyasi haqida
ESCAPADE (to‘liq nomi: Escape and Plasma Acceleration and Dynamics Explorers) — bu NASA tomonidan moliyalashtirilgan sayyoralararo missiya bo‘lib, maqsadi Mars sayyorasi va uning atrofidagi fazo muhitini o‘rganishdir. Missiya bir vaqtning o‘zida ikki to‘liq bir xil kema — “Blue” va “Gold” nomli — orbitaga yuboriladi.
Missiyaning asosiy maqsadlari — Marsning magnitosferasini, ya’ni magnit maydonlari bilan bog‘liq fazo muhitini va Quyosh shamoli (solar wind) bilan Mars atmosfera va magnit maydoni ortasidagi o‘zaro ta’sirni chuqurroq tushunishdir. Bu orqali Marsdan atmosfera yo‘qolishining sabablarini aniqlash ko‘zda tutilgan: uzoq o‘tmishda Marsda qalinroq atmosfera — mumkin bo‘lgan suyuq suv — mavjud bo‘lgan, ammo keyinchalik atmosfera yo‘qolib, sayyorani bugungi holatiga olib kelgan degan gipotezani izlashadi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri ChatGPT-5.1 taqdim etilgani haqida yozgan edi.

