Indoneziyada ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 nafarga yetdi

Foto: Bakhtiar Rahman/AFP
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 nafarga yetdi. Bu haqda DW xabar bermoqda. Rasmiylar qidiruv ishlari davom etayotganini bildirdi. Hozircha 12 kishi bedarak yo‘qolgan.

Mahalliy qidiruv-qutqaruv boshlig‘i Muhammad Abdullohning aytishicha, yakshanba kuni tushga kelib 11 jasad topildi. Yana 12 nafar fuqaro qidirilmoqda. Hududda yer qatlamining beqarorligi qutqaruv ishlarini qiyinlashtirayotganini ham aytildi.

Ko‘chki bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irdan so‘ng Yava orolining Markaziy Yava viloyatidagi uch qishloqda 14-noyabr kuni yuz berdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, dastlab ikki jasad payshanba oqshomida, yana biri juma kuni, qolgan sakkiztasi esa shanba kuni topilgan.

Qutqaruv ishlariga qidiruv-qutqaruv xizmati, harbiylar, politsiya va ko‘ngillilarni o‘z ichiga olgan 700 dan ortiq xodim jalb etilgan. Rasmiylarning aytishicha, ayrim qurbonlar 3–8 metr chuqurlikda ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Shu bois og‘ir texnika ham safarbar qilingan.

Indoneziyada noyabr-aprel oylarida davom etadigan musson mavsumi ko‘pincha kuchli yomg‘ir, toshqin va ko‘chkilar xavfini oshiradi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri G‘azoda halok bo‘lganlar soni 69 mingdan oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.