Google Gemini dasturi Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlarida muhim SI funksiyalarini boshqaradi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda. Unga ko‘ra, ilova o‘tgan yildan beri bir necha bor takomillashtirilgan.
Xizmat endi yana bir kichik, lekin foydali dizayn yangilanishi bilan chiqib, u versiya Galaxy foydalanuvchilariga allaqachon tarqatila boshlandi.
Google Android uchun Gemini ilovasining 16.45-versiyasini chiqardi. Yangi talqinda bosh sahifa yanada tartibli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Avval markazda jamlangan tavsiyalar endi aniq ro‘yxat shaklida joylashtirilgan. Eng katta yangilik — barcha yaratilgan rasm va videolarni jamlaydigan alohida media bo‘limi paydo bo‘ldi.


Ilova menyusining chap tomonidagi yon panelga My Stuff nomli yangi bo‘lim qo‘shildi. Undan foydalanuvchi Gemini orqali yaratilgan barcha media fayllarni tez topadi. Uning ostida Chats va Gems bo‘limlari turadi. Shuningdek, Dark Mode yoqilganda interfeys endi kulrang emas, to‘liq qora fon bilan ishlaydi.
Yangi dizaynda yana bir o‘zgarish ha yuz bergan. Avval chat oynalarida ko‘rinadigan akkaunt almashtirgich endi New Chat ekraniga ko‘chirilgan.


Avvalgi ma’lumotlarda Samsung Gemini’ni o‘zining ayrim stok ilovalari bilan chuqur integratsiya qilishi aytilgandi. Ammo yangi versiyada Samsung Clock hanuz Apps bo‘limida yo‘q. Hozircha integratsiya Samsung Calendar, Samsung Notes va Samsung Reminder bilan cheklangan. One UI 8.5 yangilanishida yana ko‘proq ilovalar qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qaynoq24.uz nashri o‘yinchilar uchun eng yaxshi smartfon brendlari haqida yozgan edi.

