Apple Mac Pro yangilanishini to‘xtatdi

Foto: Apple
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Apple endi eng qimmat kompyuteri Apple Mac Pro modelini yangilamasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Lenta.ru nashri Bloomberg’ga tayanib xabar bermoqda.

Qurilmaning so‘nggi avlodi 2023-yil yozida chiqqan edi. Model M2 Ultra protsessori bilan ta’minlangan. Bu chip hozirgi standartlar bo‘yicha eskirgan. Dizayn esa 2019-yildan beri o‘zgarmagan.

Insayder Mark Gurman Apple bu qurilmani yangilashdan voz kechganini aytdi. Mac Pro kompaniya liniyasidagi eng qimmat model. Uning narxi $7 mingdan boshlanadi. Gurman 2026-yilda ham jiddiy yangilanish bo‘lmasligini aytdi. Uning fikricha, Apple bu qurilmani amalda hisobdan chiqardi.

Mac Pro o‘rnini Mac Studio bosishi kutilmoqda. Bu model kuchli M4 Max protsessori va kamida 36 GB operativ xotiraga ega. Narxi esa ancha past — $2 mingdan boshlanadi. Gurman Mac Studio Apple’ning professional kompyuterlar bo‘yicha strategiyasida “bugun va kelajak” rolini bajarishini ta’kidladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Apple’ning buklanadigan ekranli plansheti qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.