Toshkent shahrida noqonuniy elektron tamaki savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida elektron tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda sotib kelgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.

Tadbir vaqtida M.O., P.Ғ. va A.Yu. ismli fuqarolar “K.” MCHJga qarashli do‘konda fuqaro S.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi jami 249 dona elektron tamaki mahsulotini 56,5 mln so‘mga sotayotganida ushlandi. Shuningdek, savdo nuqtasidan yana 50 dona elektron tamaki mahsuloti daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq 740 million so‘mlik noqonuniy oltin savdosi to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

