Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi

Foto: ABCNews
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezident Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

AQSh Senati Rossiyaning savdo hamkorlariga qarshi keskinroq sanksiyalarni o‘z ichiga olgan yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Senator Lindsi Grexemning aytishicha, bu qaror Prezident Donald Trampning to‘liq roziligi bilan qabul qilinmoqda.

Tramp yakshanba kuni jurnalistlarga Senatdagi taklifga qarshi emasligini bildirgan.

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi
Foto: ABCNews

“Prezident Trampning roziligi bilan Senat bu sanksiyalar ustida harakat qiladi”, — deb yozdi Grexem X ijtimoiy tarmog‘ida.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasining maqsadi Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokara stoliga qaytarishdir. Qonun Trampga Rossiya va uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga bosimni kuchaytirish uchun kengroq vakolatlar beradi.

“Bu taklif Putinni va unga yordam berayotgan Eron kabi davlatlarni nishonga olish orqali Prezident Trampga ko‘proq imkoniyat yaratadi”, — deb ta’kidlagan Grexem.

Senatda qonun loyihasi bo‘yicha avval harakat sust bo‘lgan edi. Sabab — prezidentning ochiq qo‘llovining yo‘qligi. Trampning Putin bilan uchrashuvlari davom etayotgani tufayli jarayon bir necha hafta to‘xtab qoldi. Endi esa prezidentning ochiq roziligi bilan Senat ovoz berish bosqichiga o‘tadi. Loyihani 80 dan ortiq senator qo‘llab-quvvatlamoqda.

Qonun loyihasi Rossiya neft va gazini sotib olayotgan Xitoy va Hindiston kabi davlatlarga ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkonini beradi. Maqsad — Rossiyaning energiya eksportidan tushadigan daromadni qisqartirish. Tramp, shuningdek, Eron ham ro‘yxatga qo‘shilishi mumkinligini aytdi.

“Rossiya bilan faol biznes qilayotgan har bir davlat keskin sanksiyaga uchraydi. Eron ham qo‘shilishi mumkin”, — deya qayd etgan Tramp.

O‘tgan oy Tramp Putin bilan muzokaralar natija bermayotganini aytgach, Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari — Rosneft va Lukoilga yangi sanksiyalar e’lon qilgan edi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tramp Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlarni yana ogohlantirgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.