18-noyabr kuni oltin quymalari qanday narxlarda sotiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 18-noyabr kuni oltin quymalarining sotuv narxlari e’lon qilindi. Bozor sharoitiga qarab narxlar kun davomida o‘zgarishi mumkin.

Bugungi narxlar quyidagicha:

5 grammli quyma 8 118 000 so‘m etib belgilandi. 10 grammli quymaning narxi 16 237 000 so‘m, 20 grammli quymaning narxi esa 32 474 000 so‘mga tenglashdi. 50 gramm quymani 81 184 000 so‘mga, 100 grammli quymani esa 162 368 000 so‘mga xarrd qilish mumkin.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metall bozorini kuzatib boradi. Narxlar shu asosda yangilanadi.

Jahon bozorida oltin narxi keskin pasaydi

23:22 (Nyu-York vaqti) holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltin narxi sezilarli darajada tushdi. Oltinning hozirgi narxi 4 009,11 dollarni tashkil etmoqda. Kun davomida narx 71,67 dollarga pasaydi va bu 1,76 foizlik kamayishni anglatadi.

Kundalik dinamikaga ko‘ra, oltinning 1 kunlik o‘zgarishi -49,5 dollar, ya’ni -2,21 foiz bo‘ldi.

Kumush narxi ham pasayish tendensiyasini davom ettirmoqda. Kunlik o‘zgarish -1,12 dollar, pasayish -2,21 foizni tashkil etdi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 18-noyabr kuni xorijiy valyutalar qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.