O‘zbekistonda sement importi keskin qisqardi. Yanvar–sentabr oylarida mamlakatga atigi 72 ming tonna sement olib kirilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Ushbu ko‘rsatkich, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 barobar kam.
Hisobotga ko‘ra, importning umumiy qiymati 4,4 mln dollar bo‘ldi. Qozog‘iston eng yirik yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatdan 33,7 ming tonna sement O‘zbekistonga olib kirilgan.
Ikkinchi o‘rinda Eron turibdi. Bu davlatdan 31,2 ming tonna sement import qilingan. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (2,7 ming tonna) va Tojikiston (2,5 ming tonna) qayd etildi. Rossiya esa 1,2 ming tonnadan ortiq sement jo‘natdi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Andijonda noqonuniy ohak xumdonlari buzilgani haqida yozgan edi.

