Qoraqalpog‘istonda “Besqala Mining Valley” zonasi tashkil etiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus “Besqala Mining Valley” mayning zonasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning 17-apreldagi qarori bilan belgilandi.

Yangi zona “Besqala Mining Valley” deb nomlanadi. Uning hududi butun Qoraqalpog‘iston Respublikasini qamrab oladi. Mazkur zona doirasida mayning faoliyatini yuritish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususan, ishtirokchilarga yagona energetika tizimi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod elektr stansiyalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni sotish yoki boshqa aktivlarga almashtirish mumkin bo‘ladi. Bu operatsiyalar milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali amalga oshiriladi. Zona faoliyatini boshqarish uchun alohida direksiya tashkil etiladi. Mayning bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomalarni berish vakolati esa Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuklatildi.

Maxsus zona rezidenti bo‘lishni istagan yuridik shaxslar direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi. Qarorga ko‘ra, 2035-yil 1-yanvargacha mayning faoliyatidan olingan daromadlar soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi.

Qaynoq24.uz soliq bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolar kuchaytirilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.