Madaniyat ta’limi tizimi yangilanadi

Foto: Baxtiyor Umarov
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Respublika musiqa va san’at texnikumi hamda estrada va sirk texnikumida yangi ta’lim bosqichlari joriy etiladi. Endi 2 yillik boshlang‘ich kasbiy ta’lim, 6 oydan 2 yilgacha o‘rta kasbiy ta’lim va kamida 2 yillik o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, bakalavriat bilan integratsiyalashgan “2+2” dasturlari asosida ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Bu tizim talabalar uchun oliy ta’limga o‘tishni soddalashtiradi. Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ham yangi tartib joriy etiladi. Endi o‘quvchilar musiqa yo‘nalishiga 5-sinfdan, raqs, teatr, xalq ijodi va tasviriy san’at yo‘nalishlariga esa 9-sinfdan qabul qilinadi.

Maktab-internatlarda o‘quvchilarning ta’lim va yashash xarajatlari to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Ovqatlanish xarajatlari esa davlat va ota-onalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Yana bir muhim o‘zgarish — bitiruvchilarga o‘qituvchilik huquqi beriladi. Endi ixtisoslashgan san’at maktablari va internatlarni tugatgan yoshlar bolalar musiqa va san’at maktablarida ishlashi mumkin. Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan boshlab tajriba tariqasida hududlarda “Madaniyat mehmonxonasi” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir viloyat va Toshkent shahrida bittadan madaniy klaster tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz “Ilg‘or ijodkor” mukofoti joriy etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.