Nyu-Yorkda 18 karat oltindan yasalgan to‘liq ishlaydigan unitaz 12,1 mln dollarga sotildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida mashhur italyan rassomi Mauritsio Kattelan yaratgan 18 karatli oltin unitaz $12,1 mln ga sotildi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.

223 funt (taxminan 100 kg) og‘irlikdagi unitaz to‘liq oltindan yasalgan. Auksiondagi boshlang‘ich narx $10 mln bo‘lgan. Asar haqiqiy unitaz kabi ishlaydi va savdodan oldin Sotheby’s bosh ofisida omma ko‘rib chiqishi uchun o‘rnatilgan.

Kattelanning aytishicha, bu asar AQShdagi haddan tashqari boylikni satira qilish uchun yaratilgan.

Eksponat ko‘rgazma vaqtida ishlatishga ruxsat etilmagan, biroq avvalroq uni sinab ko‘rgan mehmonlar bo‘lgan.

Unitaz ilgari noma’lum kolleksionerga tegishli edi. Kattelan 2016-yilda bu asarning ikki nusxasini yaratgan. Ulardan biri Guggenheim muzeyida namoyish etilgan va hatto muzey Donald Trampga Van Gogh asarini berishdan bosh tortib, o‘rniga hazil tariqasida aynan shu oltin unitazni taklif qilgan.

Keyinchalik asar Angliyadagi Blenxaym saroyiga olib borilgan va shu yerda o‘g‘irlangan. Ikki kishi qamoqqa hukm qilingan bo‘lsa-da, unitazning o‘zi topilmagan. Tergovchilar uni ehtimol parchalab eritib yuborilgan, degan xulosaga kelgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh Saudiya Arabistoniga 300 ta Abrams tankini ham sotishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.