YI Qirg‘izistonning ikki bankiga sanksiya joriy qildi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yevropa Ittifoqi (YI) Qirg‘izistondagi ikki bank — Keremet Bank va Capital Bank of Central Asia’ni yangi sanksiyalar paketiga kiritdi. Cheklovlar 2026-yil 14-maydan kuchga kiradi va ushbu moliyaviy tashkilotlarning Yevropa kapital bozorlariga hamda hisob-kitob tizimlariga kirishini cheklaydi.

Mazkur qaror 23-aprel kuni qabul qilindi. YI Kengashi Rossiyaga qarshi 20-sanksiya paketini tasdiqladi. Shu doirada ilk bor Qirg‘iziston sanksiyalarni chetlab o‘tish xavfi yuqori bo‘lgan yurisdiksiya sifatida e’tirof etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Keremet Bank aksiyalarining katta qismi 2024-yil oxirida Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaga sotilgan. Ayrim manbalar ushbu tuzilmani rossiyalik biznes vakillari bilan bog‘laydi. Capital Bank of Central Asia esa 2025-yilda Qirg‘iziston Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tgan.

Sanksiyalar faqat bank sektori bilan cheklanib qolmadi. Bishkekda ro‘yxatdan o‘tgan TengriCoin kompaniyasi ham ro‘yxatga kiritildi. U Meer kriptobirjasini boshqaradi va YI fikricha, ayrim moliyaviy operatsiyalar orqali cheklovlarni aylanib o‘tishda ishlatilishi mumkin.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston eksport nazorati bo‘yicha yuqori xavfli davlatlar ro‘yxatiga ham kiritildi. Bu ayrim texnologiyalar, jumladan metallga ishlov berish uskunalari va aloqa texnologiyalarining qayta eksporti bilan bog‘liq.

Qaynoq24.uz Yevropa yangi energetika inqiroziga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.