2026-yil 1-martdan boshlab tabiatga zarar yetkazish uchun kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish bilan bog‘liq barcha qonunchilik hujjatlari va ko‘rsatmalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. Endi bunday imtiyozlar faqat qonun orqali beriladi.
Ekopolitsiya xodimlariga yangi vakolatlar beriladi. Ular jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalardan — elektroshok qurilmalari, to‘r otuvchi moslamalar va rezina o‘qli xizmat qurolidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, xodimlarning maxsus kiyimiga bodi kamera o‘rnatiladi.
2026-yil 1-apreldan aholi punktlaridagi, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor yer maydonlarini olib qo‘yish va boshqa maqsadlarga ajratishga jamoatchilik tashabbusi bilan taqiq qo‘yish imkoniyati joriy etiladi.
Fuqarolar bunday tashabbusni Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXPlar (my.gov.uz) orqali kiritishi mumkin. Agar ushbu yer joylashgan mahalla aholisi sonining kamida 10 foizi taqiq qo‘yishni qo‘llab-quvvatlasa, Ekologiya qo‘mitasi yer maydonini olib qo‘yish yoki boshqa maqsadga ajratishni taqiqlaydi.
Kadastr agentligi yerning xususiy mulk emasligini yoki boshqa toifaga kirmasligini o‘rganadi. Ijobiy xulosa berilsa, mazkur yerga qo‘yilgan taqiq rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga STEM ta’limi uchun 100 mln dollar kredit ajratioshi haqida yozgan edi.

