Tramp Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdani bilan 21-noyabr kuni uchrashadi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-York shahrining saylangan meri Zohran Mamdani bilan juma kuni Oq uyda uchrashishini tasdiqladi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Tramp avvalroq Mamdani siyosatini keskin tanqid qilib, 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov arafasida uning g‘alabasi Nyu-York uchun iqtisodiy va ijtimoiy falokat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

“Nyu-Yorkning kommunist meri Zohran Mamdani uchrashuv so‘radi. Uchrashuv 21-noyabr, juma kuni Oq uyda bo‘ladi. Boshqa ma’lumotlar keyin e’lon qilinadi”, deb yozdi Tramp Truth Social’da.

Mamdani g‘alaba nutqida Trampni keskin tanqid qilgan. U Tramp immigratsiyaga qarshi siyosat yuritayotgan bir paytda Nyu-Yorkni aynan muhojirlar boshqarishi va rivojlantirishi haqida gapirgan.

“Agar kimdir Tramp tomonidan aldangan millatga uni qanday yengishni ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, bu – Trampning o‘zi ulg‘aygan shahar”, degan edi u.

Mamdani AQShning eng yirik shahri Nyu-York meri etib saylangan ilk Janubiy Osiyolik va ilk musulmon siyosatchi. U Respublikachi nomzod Kertis Sliva va mustaqil nomzod sifatida qatnashgan, Tramp tomonidan saylov arafasida qo‘llab-quvvatlangan sobiq Nyu-York gubernatori Endryu Kuomoni ortda qoldirdi.

Zohran Mamdani kinorejissyor Mira Nayr va Kolumbiya universiteti professori Mahmud Mamdani farzandi. U Ugandada tug‘ilgan, keyin 7 yoshida oilasi bilan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan. AQSh fuqaroligini esa faqat 2018-yilda olgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.