Qozog‘istonda ayollar uchun ish haftasini qisqartirish taklif qilindi

Foto: BAQ.kz
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Qozog‘iston parlamenti bolalar, keksa yoki og‘ir kasal qarindoshlariga qarayotgan ayollar uchun ish haftasini qisqartirish taklifi bildirildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda. Deputatlar bu haqda Bosh vazir Oljas Bektenovga rasmiy so‘rov yuborgan.

Deputat Ajar Sag‘andikova ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda ayollar kuniga o‘rtacha 480 daqiqa ishda, yana 246 daqiqa uy yumushlari va qarindoshlarga qarashga sarflaydi. Bu jami 13 soatlik yuklama degani.

Deputat ayollarning ikki karra mehnat qilayotgani, bolalar, qariyalar va bemorlarga g‘amxo‘rlik deyarli to‘liq ayollar zimmasida ekanini ta’kidladi. Bu esa surunkali charchoq, stress va sog‘liq xavflarini kuchaytiradi. Ularning aytishicha, mehnat bozorida ayollar o‘rtacha 15 foiz kam maosh olgani uchun iqtisodiy zaiflik ham ortmoqda.

Deputatning qayd etishicha, ayniqsa nogironligi bor bolalar yoki og‘ir kasal qarindoshlariga qarayotgan ayollar kuniga qo‘shimcha 6 soat sarflaydi. Bu uchinchi ish kuni sifatida hech qayerda e’tirof etilmaydi va qonuniy himoya bilan ta’minlanmagan.

Shu bois Sag‘andikova Tashqi mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritib, oilada qarovchi vazifasini bajarayotgan ayollarga maosh saqlangan holda qisqartirilgan ish haftasini joriy etishni taklif qildi.

Uningcha, bunday ayollar uchun masofaviy yoki aralash ish shakli bo‘yicha ustuvor huquq, diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va moslashuvchan grafiklar bo‘yicha aniq me’yorlar belgilanishi zarur.

Avvalroq Majilis deputati Karakat Abden ham ayollar uchun ish vaqtini qisqartirish va dekretni 2 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan edi. Hukumat esa Qozog‘istonda ayrim sohalarda 4 kunlik ish haftasi joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Ayni paytda taklif jamoatchilik muhokamasida.

Qaynoq24.uz nashri Qozog‘istonda LGBТ targ‘ibotiga qonuniy taqiq joriy etilishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.