Singapur sudi Falastinni qo‘llab-quvvatlagan ayollarga jarima soldi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Sud qarori avvalgi oqlov hukmini bekor qildi. Har bir ayolga 3 ming Singapur dollari, ya’ni taxminan 2,3 ming dollar jarima belgilandi. Gap 2024-yilda o‘tgan yurish haqida bormoqda. Unda 70 ga yaqin odam savdo markazidan prezident qarorgohi tomon yo‘l olgan.

Faollar bosh vazirga maktub topshirishni rejalagan. Ular Istana qarorgohiga borishni maqsad qilgan. Ayollar — Mossammad Sobikun Nahar, Siti Amira Mohamed Asrori va Kokila Annamalay. Ular 2024-yil iyunda ruxsatsiz yurish tashkil qilganlikda ayblangan. Hudud esa namoyishlar uchun taqiqlangan deb topilgan.
Sud dastlab ularni oqlagan edi. Qarorda ayollar qonunni buzmaslikka harakat qilgani qayd etilgan. Ammo keyin prokuratura apellyatsiya berdi. Oliy sud bu qarorni bekor qildi. Sudga ko‘ra, ayollar oldindan ruxsat masalasini aniqlashtirishi kerak edi. Shu sabab ular aybdor deb topildi.
Singapurda ommaviy namoyishlar qat’iy nazorat qilinadi. Ayniqsa, G‘azo urushi bilan bog‘liq yig‘inlar deyarli taqiqlangan. Tanqidchilar bu qoidalar so‘z erkinligini cheklashini aytmoqda. Hukumat esa buni ijtimoiy barqarorlik uchun zarur deb hisoblaydi.
Qaynoq24.uz falastinliklar Isroilning yangi chorasini G‘arbiy Sohilni amalda anneksiya qilish ekanini aytgani haqida yozgan edi.

