2026-yil 1-fevraliodan boshlab “Yoshlar daftaridagi” fuqarolar uchun haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qish xarajatlari qoplab beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
2026-yil 1-fevraldan boshlab kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlar uchun bir qator imtiyozlar amal qiladi.
Birinchidan, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tizimi joriy etiladi. Shu munosabat bilan avval ajratib kelinayotgan subsidiya tartibi bekor qilinadi.
Kasbiy va oliy ta’limda o‘qiyotgan yoshlar uchun esa kontrakt to‘lovining 50 foizigacha qismi to‘lab beriladi. Bu jarayon tuzilgan ijtimoiy shartnomaning bajarilish darajasi bo‘yicha amalga oshadi. Bunda bir o‘quv yili uchun to‘lanadigan summa BHMning 50 baravaridan oshmasligi shart.
Bundan tashqari, bir nafar yosh bir yil davomida turli ijtimoiy yordamlarning ko‘pi bilan ikki turidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri «Yoshlar daftari» orqali ijtimoiy yordam tizimi yangilanishi haqida yozgan edi.

