Isroil hujumlari natijasida G‘azoda yana 25 kishi vafot etdi

Foto: Reuters
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 25 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi. Hujumlar oktabrda kuchga kirgan sulh sharoitida amalga oshgani vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

Isroil armiyasi bayonotida hujumlar “Hamas» jangchilari sulhni buzib, qo‘shinlarga o‘q uzganidan so‘ng amalga oshirilgani aytildi. Harbiylarning ta’kidlashicha, Isroil tomoni orasida talafot yo‘q.

Hamas bu zarbalarni xavfli keskinlashuv deb atab, AQShni va’dalariga sodiq bo‘lish va Isroilga bosim o‘tkazib, hujumlarni to‘xtatishga majburlashga chaqirdi.

So‘nggi hodisalar sulhning naqadar mo‘rt ekanini ko‘rsatmoqda. Isroil va Hamas ikki tomon ham o‘zlari “buzilish” deb atagan harakatlar uchun bir-birini ayblab kelmoqda. Bu sulh AQSh prezidenti Donald Trampning urushdan keyingi G‘azo bo‘yicha 20 bandlik rejasining birinchi bosqichi hisoblanadi.

Havo hujumlari G‘azodagi kelishuv bo‘yicha belgilangani aytilgan “sariq chiziq”dan ancha uzoqda sodir bo‘lgan. Guvohlar va mediklarga ko‘ra, Zeitunda diniy idoraga qarashli bino, Xon Yunusda esa BMTga tegishli klub nishonga olingan. Har ikkala obyekt ham urushdan qochgan oila va bolalarga vaqtinchalik boshpana bo‘lib xizmat qilayotgan edi.

Oktabrning 10-kunida e’lon qilingan sulh ikki yillik urushni sezilarli darajada susaytirgan, yuz minglab falastinliklarning vayron bo‘lgan hududlarga qaytishiga yo‘l ochgan, Isroil qo‘shinlarini shahar markazlaridan orqaga tortgan va insonparvarlik yordami oqimini ko‘paytirgan edi. Biroq to‘liq tinchlik hali ham ta’minlanmagan.

Falastin sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, sulh kuchga kirganidan beri Isroil zarbalari oqibatida 305 nafar falastinlik halok bo‘lgan. O‘tgan hafta Isroil askarlariga uyushtirilgan hujumga javoban amalga oshirilgan hujumlarning o‘zi bir kunda deyarli yarim yuz odamning o‘limiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Isroil tomoni esa sulh boshlanganidan buyon uch nafar askar halok bo‘lganini, armiyaning o‘z navbatida o‘nlab jangchilarni nishonga olganini bildirgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh G‘azo hududini ikkiga ajratish rejasini ishlab chiqayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.