Qishda ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston hududida yaqinlashayotgan 2025–2026-qish mavsumi odatdagidan farqli o‘tishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati mavsumiy prognozni e’lon qildi. Ma’lumotlar iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ehtimoliy sovuqlar hamda noqulay ob-havo sharoitlariga tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida taqdim etilgan.

Dekabr: iliq boshlanadi, keyin keskin o‘zgarishlar bo‘ladi

Dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘ladi. O‘rtacha harorat me’yordan 1–1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘n kunlikda havo iliq: kechasi 0…+5°, kunduzi +10…+15°. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda esa harorat keskin tebranadi. Kechalari +2…+7° dan 0…–5° gacha, kunduzlari +12…+17° dan +2…+7° gacha pasayib turadi. Yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida yoki biroz kam bo‘ladi.

Yanvar: oyni oxirida anomal sovuqlar kirib keladi

Yanvar oyining umumiy harorati normaga yaqin bo‘ladi, ayrim hududlarda esa sovuqroq kechishi mumkin. Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarda havo keskin o‘zgarib turadi: kechasi +3…+8° dan –3…–8° gacha, kunduzlari +10…+15° dan –2…+3° gacha. Uchinchi o‘n kunlikda respublika bo‘yicha anomal sovuqlar kuzatiladi. Kechalari –12…–17°, kunduzlari –5…–10°. Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida, xususan Nukus va Urganch atroflarida kechasi harorat –20…–25° gacha tushishi mumkin.

Fevral: sovuq bilan boshlanadi, so‘ngra iliqlik qaytadi

Fevral oyi ko‘p yillik normalarga yaqin bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlikda yanvardagi anomal sovuqlar davom etadi: kechasi –5…–10°, kunduzi –3…+2°. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklar esa iliqlashuv bilan o‘tadi. Kechalari –2…–7° dan +3…+8° gacha, kunduzi 0…+5° dan +10…+15° gacha ko‘tariladi. Janubiy hududlarda kunduzgi harorat +15…+20° gacha yetishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yor darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.