O‘zbekistonliklar 4 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 7,3 trln so‘m sarfladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–aprel oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi qariyb 7,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,1 foizga oshgan. Bu aholining tibbiy xizmatlarga murojaati va sohadagi xizmatlar hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Sog‘liqni saqlash xizmatlari tarkibida eng katta ulush boshqa turdagi tibbiy xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Ularning ulushi 63 foizni tashkil etdi.

Shifoxona muassasalari xizmatlari umumiy hajmning 20,2 foizini egallagan. Tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari ulushi esa 16,8 foiz bo‘lgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda yanvar–aprel oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 3,3 trln so‘mni tashkil qildi.

Keyingi o‘rinda Toshkent viloyati turibdi. Bu hududda tibbiy xizmatlar hajmi 674,3 mlrd so‘mga yetgan. Samarqand viloyatida ko‘rsatkich 549,2 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyatida 488,1 mlrd so‘m bo‘ldi. Andijon viloyatida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 329 mlrd so‘mni tashkil etdi. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 323,6 mlrd so‘mga yetdi.

Buxoro viloyatida 282,6 mlrd so‘mlik, Xorazm viloyatida esa 270 mlrd so‘mlik tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Qashqadaryo viloyatida ko‘rsatkich 263,5 mlrd so‘m bo‘ldi. Surxondaryo viloyatida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 191,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Jizzax viloyatida 172,5 mlrd so‘mlik, Sirdaryo viloyatida 134 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 126,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyatida qayd etilib, 118,4 mlrd so‘m bo‘ldi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda nechta OTM faoliyat yuritayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.