O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida 215 ta oliy ta’lim tashkiloti (OTM) faoliyat yuritgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich filiallar bilan birga hisoblangan. Oliy ta’lim tashkilotlari soni avvalgi o‘quv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 97 tani tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahrida joylashgan. Poytaxtda 98 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Keyingi o‘rinda Toshkent viloyati turadi. Bu hududda 19 ta OTM bor.
Samarqand viloyatida 14 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida 11 tadan bor.
Andijon, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida esa 9 tadan oliy ta’lim tashkiloti mavjud. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 8 tadan faoliyat yuritmoqda.
Namangan viloyatida 6 ta, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 5 tadan oliy ta’lim tashkiloti bor. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Hududda 3 ta OTM faoliyat yuritmoqda.
Qaynoq24.uz OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayoni 20-dekabrdan boshlanishi haqida yozgan edi.


