Markaziy bank tomonidan 24-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollarining rasmiy qiymati ko‘tarildi.
Yevro kursi ham ko‘tarilib, 13 797,04 so‘mni tashkil etdi (+61,81). Rossiya rubli 151,81 so‘m bo‘lib, 3,54 so‘mga yuqoriladi. Funt sterling 15 637,04 so‘mga yetdi va 52,65 so‘mga o‘sdi.
Shveytsariya franki esa aksincha 14 789,81 so‘mgacha tushib, 72,84 so‘mga kamaydi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 21-noyabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

