Yevropa Ittifoqi AQShning Ukraina bo‘yicha rejasidan xabardor emasmi

Foto: Yevroparlament sayti
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Kosta AQShning Ukraina bo‘yicha yangi rejasi haqida Yevropa Ittifoqiga hech qanday ma’lumot berilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, rejadan xabarsiz bo‘lgani uchun izoh berishning o‘zi mantiqsiz.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen esa biroz diplomatikroq munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Zelenskiy va ixtiyoriy koalitsiya bilan hamkorlikda Ukraina uchun adolatli va barqaror tinchlik yo‘lida ishlamoqda.

Fon der Lyayen AQSh tomonidan e’lon qilingan 28 banddan iborat reja Yevropa yetakchilari bilan muhokama qilinishini aytdi. Shuningdek, G20 sammiti doirasida boshqa davlat rahbarlari bilan ham vaziyat ko‘rib chiqiladi.

U yana masala bo‘yicha Prezident Zelenskiy bilan bog‘lanishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban AQSh tomonidan taklif etilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi Yevropa Ittifoqi uchun keskin burilish nuqtasini yuzaga keltirganini yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.