Avtomobil turli maqsadlarda tanlanadi. Consumer Reports mutaxassislari oila uchun eng yaxshi 5 avtomobil va tanlash sabablari haqida maqola e’lon qildi. Bu modellarda ham yo‘lovchilar, ham ularning yuklari uchun yetarli joy bor.
Hyundai Tucson
Hyundai 2025-yilda yangi Tucson’ni taqdim etdi. U benzinli va gibrid versiyalarda chiqadi. Salon zamonaviy, multimedia tizimi qulay. Baland haydovchilarga ham yetarli joy bor. Orqa o‘rindiqlar yig‘ilganda bagaj sig‘imi 1100 litrga yetadi.
Subaru Forester

Subaru doim ishonchliligi bilan tanilgan. Forester ham gibrid, ham benzinli versiyada chiqadi. Salon qulay va uzoq safarlarda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatadi. Bagaj hajmi — 838 litr.
Honda CR-V Gibrid
Honda modeli sifatli yig‘ilishi va funksionalligi bilan ajraladi. CR-V benzinli va gibrid ko‘rinishda mavjud. Oila uchun juda mos. Bagaj bo‘limining maksimal hajmi — 1112 litr.
Toyota RAV4 Gibrid
Toyota har doim ishonchli avtomobillarni taklif qiladi. RAV4 Gibrid tejamkor, kuchli va ichki makoni qulay. O‘rindiqlar yig‘ilganda bagaj 1060 litrga yetadi.

Kia Sportage Gibrid
2026-yil uchun yangilangan Sportage yangi salon dizayni va yaxshilangan xavfsizlik tizimlariga ega. Oila uchun qulay, bagaj bo‘limi 976 litr.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Xiaomi smartfonlarining 5 asosiy kamchiligi haqida yozgan edi.

