Honor 600 Pro smartfoni taqdim etildi

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi tomonidan Honor 600 Pro smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Notebookcheck xabar berdi.

Smartfon 6,75 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran 120 Hz yangilanish tezligiga ega va maksimal yorqinligi 8000 nitga yetadi. Qurilma Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori asosida ishlaydi. Model Android 16 operatsion tizimi bilan keladi. Kompaniya qurilmaga 6 yil davomida yangilanishlar berilishini ma’lum qildi. Bu smartfon 2032-yilgacha qo‘llab-quvvatlanishini anglatadi.

Kamera tizimi ham kuchli. Asosiy kamera 200 megapiksel bo‘lib, periskop modulida 50 MP sensor va 3,5 karra optik zoom mavjud. Maksimal zoom 120 martagacha yetadi. Ultra keng kamera 12 MP, old kamera esa 50 MP.

Honor 600 Pro katta sig‘imli batareya bilan ta’minlangan. Osiyo versiyasida 7000 mA·soat batareya o‘rnatilgan. Qurilma 80 Vt tezkor zaryadlash, 50 Vt simsiz zaryadlash va 27 Vt teskari zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yevropa versiyasida esa batareya 6400 mA·soatni tashkil qiladi.

Smartfon metall ramka, displey osti barmoq izi skaneri va IP69K darajasida himoya bilan jihozlangan. Shuningdek, qurilmada maxsus sozlanadigan sun’iy intellekt tugmasi ham mavjud. Model oq, qora va to‘q sariq ranglarda taqdim etildi. 12/256 GB versiyasi $785, 12/512 GB varianti esa $835 narxda taklif etilmoqda. Oldindan buyurtmalar allaqachon boshlandi. Smartfon 30-apreldan sotuvga chiqadi.

Qaynoq24.uz Honor 600 va 600 Pro smartfonlari o‘rtasida qanday farqlar borligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.