Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

Foto: Trisha Downing / Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, sug‘urta tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari belgilandi. Ularning ichida tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararli hasharotlar yoki kasalliklar tufayli o‘simlik va hayvonlarga yetadigan zararni qoplash masalasi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi. Ushbu jamg‘arma sug‘urta tizimini yo‘lga qo‘yish, xavflarni baholash va zararni qoplash bo‘yicha asosiy mexanizm vazifasini bajaradi. 2026-yildan boshlab mahsulot yetishtiruvchi korxonalar imtiyozli kreditlardan foydalanganda, yetishtiriladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urtalash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Shu bilan birga, klaster va fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari sug‘urta shartnomasi orqali qoplanmasligi qat’iy belgilandi.

Farmonda 2025-yil oxirigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimini ishga tushirish vazifasi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu tizim orqali jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri o‘zbekistonliklar 7 avlodini bilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.