Samsung kompaniyasi tomonidan yangi Samsung Galaxy A77 smartfoni sinovdan o‘tkazildi. Bu ma’lumot Geekbench bazasida paydo bo‘ldi.
Galaxy A7x liniyasidagi oxirgi model 2022-yilda chiqqan Galaxy A73 edi. Shuning uchun Galaxy A77 modeli to‘rt yildan keyin, ya’ni 2026-yilda taqdim qilinadi.
Prototipda noma’lum Exynos platformasi ishlatilgan. Unda 10 yadroli protsessor bor. Uchta klaster chastotasi 2,78 gigagerts, 2,3 gigagerts va 1,82 gigagerts bo‘lgan. Grafik protsessor Xclipse 940. Bu GPU avval Exynos 2400 va Exynos 2400e’da qo‘llangan. Demak, grafika bo‘yicha Galaxy A77 flagman modellarga yaqin bo‘ladi.
Sinov qurilmasi 8 GB operativ xotira bilan ishlagan. Tizim Android 16. Natija bir yadroli testda 1673 ball. Ko‘p yadroli testda 5697 ball.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy S26 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

