Tramp: Yevropa davlatlari haliyam Rossiya neftini sotib olmoqda

Foto: WSJ
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Trampning fikricha, Yevropa davlatlari hali ham Rossiya neftini sotib olmoqda. Bu haqda Truth social tarmog‘ida ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni fojiali mojaro deb atadi. U urush kuchli va to‘g‘ri rahbariyat bo‘lganida hech qachon boshlanmasligini aytdi. Tramp urushning Jozef Bayden davrida boshlanganini ta’kidladi. U o‘zining birinchi prezidentlik davrida bu mavzu hatto muhokama qilinmaganini eslatdi.

Trampning aytishicha, Baydenning siyosati Rossiyani qo‘shni davlatga bostirib kirishga undagan. Tramp o‘zini urushni meros qilib olgan prezident deb atagan.

Tramp Bayden Ukrainaga ham qurol, ham katta miqdorda pulni tekin berganini eslatdi. U urushni insoniy falokat deb atadi va halok bo‘lganlarga achinish bildirgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Kosta AQShning Ukraina bo‘yicha yangi rejasi haqida Yevropa Ittifoqiga hech qanday ma’lumot berilmaganini tan olgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.