Kuvayt hukumati 55 kundan so‘ng havo hududini ochdi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Kuvayt hukumati mamlakat havo hududini yana ochishga qaror qildi. Shu tariqa 55 kunlik tanaffusdan so‘ng yo‘lovchi samolyotlari yana mahalliy aeroportlarga qo‘na boshlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo hududi Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik fonida yopilgan edi. Endilikda fuqarolik reyslariga ruxsat berilmoqda, biroq barcha parvozlar Kuvayt fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bilan majburiy tarzda kelishilishi shart. Mutaxassislar fikricha, bu qaror mintaqadagi aviatsiya harakatining bosqichma-bosqich tiklanayotganidan darak beradi. Shunga qaramay, Fors ko‘rfazi hududida vaziyat hanuz barqarorlashmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Borisenko ham mintaqadagi vaziyat keskinligicha qolayotganini ta’kidlab, ehtiyot choralarini saqlash zarurligini bildirgan. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Kuvaytning bu qarori xalqaro parvozlar tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq xavfsizlik talablari hali ham qat’iy nazorat ostida qoladi.

Qaynoq24.uz Lufthansa aviakompaniyasi 20 mingga yaqin reysni bekor qilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.