Efiopiyada Hayli Gubbi vulqoni portladi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Efiopiyaning shimoli-sharqidagi Hayli Gubbi vulqoni minglab yillardan keyin ilk bor otilib chiqdi. Bu haqda BNO news xabar bermoqda.

Portlash yakshanba kuni soat 8.30 UTC atrofida boshlanganini Toulouse vulqon kulini kuzatish markazi ma’lum qildi. Portlash kuchli bo‘lib, kul ustuni 45 ming fut balandlikka ko‘tarilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, Hayli Gubbi Holosen davrida hech qachon otilmagan. GeologyHub kuzatuv guruhi kutilmagan ravishda katta kul buluti paydo bo‘lganini aniqlab, rasmiylarga xabar bergan. Shundan so‘ng portlash tasdiqlangan.

VAAC xaritalariga ko‘ra, quyi qatlamdagi kul Djibuti va Yaman tomonga siljiyotgan. Yuqoriroq balandlikdagi kul esa Ummon ustidan sharqqa qarab harakatlanayotgani aytilmoqda. Ayrim qatlamlar hatto Eron, Pokiston va Hindiston tomon ham tarqalishi mumkinligi bildirilgan.

Hayli Gubbi Afar Rifti hududida joylashgan bo‘lib, bu mintaqa Afrikaning eng faol vulqon zonalaridan biri sanaladi. Shunga qaramay, bu vulqonning o‘tilishi qayd etilmagan edi.

Hozircha aviasiya va yaqin aholi punktlariga ta’sir bo‘yicha rasmiy zarar haqida ma’lumot yo‘q. Toulouse markazi yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha xabarlar berilishini aytdi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Filippindagi Taаl vulqoni yana otilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.