Isroil zarbalari Livanda 14 kishini o‘ldirdi

Foto: Getty images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Livanda Isroil zarbalari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola va ikki ayol bor. Yana 37 kishi jarohat olgan. Zarba janubiy hududlardagi qishloqlarga berilgan. Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari aholiga evakuatsiya bo‘yicha ogohlantirish bergan. Aholidan darhol hududni tark etish so‘ralgan.

Keyinroq Isroil armiyasi artilleriya va havo zarbalari berilganini tasdiqladi. Ularning aytishicha, nishonlar Hizbulloh jangarilari va ularning infratuzilmasi bo‘lgan. Shuningdek, 19 yoshli isroillik harbiy Hizbulloh dron hujumida halok bo‘lgan. Yana olti nafar askar yaralangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hizbulloh ham Isroil tomon uchta dron uchirgan. Ular chegaraga yetmasdan yo‘q qilingan. Ikki tomon o‘rtasida 16-apreldan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amal qilmoqda. U o‘tgan hafta yana uch haftaga uzaytirilgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livanda harbiy harakatlar davom etishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Hizbulloh harakatlari kelishuvni izdan chiqarmoqda.

Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda ayblab kelmoqda. Vaziyat mintaqada hanuz keskinligicha qolmoqda.

Qaynoq24.uz Ispaniya Yevropa Ittifoqi–Isroil kelishuvini bekor qilishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.