Xitoyning Geely Auto kompaniyasi tomonidan yangi Geely Emgrand i-HEV gibrid sedanini taqdim etildi. Avtomobil yoqilg‘i tejamkorligi bo‘yicha dunyo rekordiga da’vogar bo‘ldi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mashina real trassa sinovida 100 kmga 2,22 litr yoqilg‘i sarflagan. Bu ko‘rsatkich Guinness World Records uchun eng tejamkor ommaviy gibrid sifatida taqdim etilgan. Sinov Xaynan hududida o‘tkazilgan. Geely bu natija o‘xshash sharoitlardagi gibrid modellardan eng past ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi. Kompaniya hatto bu raqam Toyota Prius natijasidan 12 foizga yaxshiroq ekanini bildirdi.

Yangi Emgrand i-HEV P1+P3 ikki motorli tizim bilan jihozlangan. Unda 11-ta funksiyani birlashtirgan elektr uzatma bloki qo‘llanilgan. Elektr motorining quvvati 230 kVtga yetadi. Gibrid dvigatelning issiqlik samaradorligi 48,41 foizni tashkil qiladi. Kompaniya buni seriyali ishlab chiqariladigan motorlar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich deb atadi.
Avtomobil WLTC sharoitida 80 foiz holatda elektrda harakatlanadi. Bu esa oddiy gibridlarga nisbatan dvigatel ishini 27 foizga kamaytiradi. Mashina 66 km/soatgacha to‘liq elektr rejimda yura oladi. Shuningdek, 0 dan 30 km/soatgacha tezlanish 1,84 soniyani tashkil qiladi. Tizim javob vaqti esa 10 millisekundga teng.
Geely shovqin va vibratsiyani kamaytirish uchun maxsus texnologiya qo‘llaganini bildirdi. Salon shovqini elektromobillarga nisbatan atigi 1 dBga yuqori. Kompaniya gibrid tizim 2026 yilda bir nechta modellarga joriy etilishini aytdi. Ular qatorida Xingrui, Xingyue L va Boyue L kabi modellar bor.
Qaynoq24.uz Geely Galaxy A7 avtomobili arzon narxda taqdim etilgani haqida yozgan edi.

