25-noyabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 25-noyabr kuni oltin quymalarining yangilangan sotuv narxlari e’lon qildi. Unga ko‘ra, 5 grammli quyma 8,17 mln so‘m bo‘ldi.

10 grammli oltin quymasi 16,34 mln so‘m qilib belgilandi. 20 grammli quyma narxi 32,68 mln so‘mga yetdi. 50 grammli oltin esa 81,69 mln so‘mdan sotilmoqda. Eng yirik — 100 grammli quyma narxi 163,39 mln so‘mni tashkil qildi.

Foto: markaziy bank

Markaziy bank xalqaro bozor holatiga qarab narxlarni kun davomida qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Oltin global bozorda qanday narxda sotilmoqda?

Jahon bozorida oltin narxi keskin o‘sdi. Oltinning bir unsiyasi 4 142,44 dollarga chiqib, kun davomida 46,99 dollar qimmatlashdi. Bu o‘sish bir kunda 1,15 foizlik ko‘tarilish demakdir. Kumush narxi ham ko‘tarilib, bir unsiya uchun 51,52 dollarni tashkil qildi. Uning kunlik o‘sishi 0,89 dollarni yoki 1,76 foizni tashkil etdi.

Oltinning narx dinamikasi o‘tgan davrlar kesimida ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda o‘tgan sutkaga nisbatan 46,18 dollarlik yoki 1,13 foizlik o‘sish qayd etildi. So‘nggi 30 kun ichida narx 90,07 dollar oshib, 2,25 foizga ko‘tarilgan. Oxirgi olti oy ichida esa oltin 754,45 dollarga qimmatlashib, bu davr uchun 22,58 foizlik o‘sishni anglatadi.

Bir yil ichidagi o‘zgarish yanada keskin bo‘lib, narx 1 474,18 dollarga ko‘tarilgan. Bu 56,24 foizlik yillik o‘sish hisoblanadi. So‘nggi besh yillik davrda narxning umumiy o‘sishi 2 285,94 dollarni tashkil qilib, bu 126,33 foizga teng. So‘nggi 20 yilda oltin narxi 3 599,86 dollarga oshgan va umumiy o‘sish darajasi 726,37 foizga yetgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 25-noyabr kuni uchun e’lon qilingan valyuta kurslari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.